YUNISEF va "Zamin" hamkorligida "To'siqlar" loyihasining taqdimoti.
date_range26.10.2022, 10:50
Bugun Urganch shahridagi "Karavan" mehmonxonasida YuNISEF va "Zamin" xalqaro jamoat fondi hamkorligida “To‘siqlar” loyihasining taqdimoti o‘tkazildi. Hududiy taqdimot mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun seminar o‘tkazish bilan boshlandi. Unda inklyuziv hamjamiyatlarni shakllantirishda, nogironligi bo‘lgan bolalar manfaatlarini himoya qilishda OAVlarining roli muhokama qilindi. Tadbirda YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzoda, Ruminiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Daniel Kristian Chobanu ishtirok etdi.
Изоҳлар (0)
Изоҳ қолдириш