Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining ellik uchinchi sessiyasi.
date_range24.10.2022, 11:09
Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining ellik uchinchi sessiyasida. Bugun Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining ellik uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishini xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi, viloyat hokimi Farxod Ermanov boshqarib bordi. Sessiya kun tartibiga viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash bo‘yicha 2022 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida sektor rahbarlarining hisoboti, viloyatda uzumchilikni klaster usulida rivojlantirish, chorvachilik va ipakchilik sohasida 2022 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar to‘g‘risidagi, Xorazm viloyati hokimining sessiyalar oralig‘idagi qarorlarini tasdiqlash haqidagi masalalar kiritildi.Deputatlar tomonidan qizg‘in muhokamalardan keyin ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Изоҳлар (0)
Изоҳ қолдириш