image

Toshkent Sudyalar uchun ikki kunlik malaka oshirish kursi.

date_range24.10.2022, 10:39
    Toshkentda Sudyalar oliy kengashi va Oliy sud tashabbusi bilan barcha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislari uchun  ikki kunlik malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tmoqda. Kurslar jonli muloqot shaklida tashkil etilib,  unda sudlar faoliyatini samarali tashkil etish, tizimda korruptsiyaning oldini olish samaradorligini yanada oshirish hamda sudyalar tomonidan qonuniy, asosli va adolatli qarorlar qabul qilish orqali jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, bu jaryondagi muammolar va ularning echimlari xususida o‘zaro fikr almashilmoqda.