image

Urganch tumani hokim o‘rinbosari va uning sherigi pora bilan ushlandi.

date_range26.10.2022, 11:06
   Urganch tumani hokim o‘rinbosari va uning sherigi pora bilan ushlandi. Xorazm viloyati “Chorvanasl” markazining Urganch tumani etakchi mutaxassisi T.M. fuqaro N.ning fermer xo‘jaligiga tegishli 50 gektar er maydonini hokimlik zaxirasiga qaytarib olib, keyinchalik uning nomiga yangi fermer xo‘jaligi tashkil etib, ushbu er maydonini qayta rasmiylashtirib berish evaziga 80 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 60 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. T.M.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Urganch tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari R.A. fuqaro N.nomiga fermer xo‘jaligi tashkil qilish va er maydoni ajratib berish masalasini hal qilib berish evaziga o‘z xonadonida mutaxassis T.M.dan 43 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.